Juma, 03-MAY-2024, 09:15
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKONA MUSIQIY PORTAL-WWW.UZODAT.TK
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
XABARLAR [134]
Xonandalar [37]
Kino olami [17]
Xikoyalar [53]
Sherlar [38]
XAR XIL KOMPANIYALAR [40]
sport yangiliklari [18]
Мини-чат
200
Наш опрос
Saytimiz sizga yoqdimi
Всего ответов: 36
Статистика

ONLAYNDA: 1
MEHMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0
Главная » 2014 » Iyun » 9 » Yetim bola sevgisi
22:49
Yetim bola sevgisi


Inkor etding sevgimni suluv, 
Qarab qoldim ko'zingga mungib. 
Dilda achchiq alamlar tuyib, 
Iztirobga ketdim-ku sho'ng'ib.
Men xayoli sevibman nechun, 
Dilni yoqib otash bag'rida. 
Ado bo'ldi yuragim butkul, 
O'sha tanish g'amlar qa'rida. 
O'tib ketdi bolalik fasli 
Chin mehrga entikib ko'ngli. 
Mana, keldim, bahor fasliga, 
Tag'in ko'nglim bunchalar mungli. 
Bahor fasli bunchalar so'lim, 
Buncha shirin uning havosi. 
Ammo mening ozurda ko'nglim, 
Bahorimda qishning nafasi. 
Kerak edi bir go'zal mehr, 
Kerak edi suyguvchi yurak. 
Nahot menga hamrohdir qayg'u, 
Nahot menga muhabbat ertak. 
O'ylardim-ki bahor faslida, 
Gul hididan yashnaydi dilim. 
Xayol ekan o'yim aslida, 
Oshyon ekan qayg'uga ko'nglim. 
Kutgan edim sendan muruvvat, 
Tuyg'ularim yanchib yubording. 
Toshdanmikan yuraging sening, 
Yetimligim betimga solding. 
O'tlar tushsin sevgingga sening, 
O'tlar tushsin muhabbatga ham. 
Agar shunday kibrli bo'lsa, 
Quvonch emas in'om etsa g'am. 
Bilsang edi, ey, qaddi Osmon, 
Sen-chun qancha zaharlar yutdim. 
Sen-chi bugun o'zimga o'xshab, 
Sevgimni ham qoldirding yetim. 
Shu ekan-da dunyning ishi, 
Kemtik ko'ngil zulmatga mahkum. 
Hech tinmaskan uning ko'z yoshi, 
Bir umrga mehrdan mahrum. 
Unutaman seni batamom, 
Sen g'ammiding g'arib dilimga. 
Buyuk sevgi qo'msaydi ko'nglim, 
Arzimaysan nafis gulimga. 
Jilmayib men endi dunyoga, 
Baxtim topgum mana ko'rasan. 
Ko'r hassasin qidirganidek, 
Izlarimni izlab yurasan. 
Ket qoshimdan, nari ketgin bas, 
Kuydirmoqda ko'ksimni olov. 
Umidlarim ermaklar etib, 
Inkor etding sevgimni suluv.
 

Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1160 | Добавил: UZBEK_BOY | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2014  »
DUSHSESHCHORPAYJUSHBAYSHBA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • | Saytni yaratdi_JUNSANK © 2024 | |